Bahodir Jalolov final masalasini ijobiy hal qildi. Oltin uchun kurash olib boradigan vakillarimiz soni uch nafarga yetdi

23:25 10 Mart 2020 Sport
318 0

Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirda bugungi kun bellashuvlari yakunlandi. Biroz avval eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov (+91 kg) yarim final jangini oʻtkazdi.

Hindistonlik Kumar Satish bilan roʻbaroʻ kelgan vakilimiz 3 raund davomida oʻzining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini yaqqol koʻrsatib berdi. Bellashuv yakunida hakamlar ham yurtdoshimizning toʻliq ustunligini eʼtirof etishdi.

Shu tariqa litsenzion turnirda Elnur Abduraimov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Bahodir Jalolov ertaga oltin medal uchun ringga koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?