Bahodir turnirga chiroyli yakun yasab berdi. “Tokio-2020”ga yetti nafar bokschimiz boradi

00:06 12 Mart 2020 Sport
458 0

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun boks boʻyicha Tokio-2020 litsenzion turniri oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida terma jamoamizning yetakchi vakillaridan biri Bahodir Jalolov (+91 kg) nafaqat bokschilarimiz, balki turnir hisobidan oxirgi jangida ishtirok etdi.

Avstraliyalik Jastis Xyuniga qarshi ringga koʻtarilgan Jalolov kuchli zarbalari bilan gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi va ushbu muvaffaqiyati bilan delegatsiyamizning musobaqadagi ishtirokiga chiroyli yakun yasab berdi.

Shu tariqa Iordaniyada oʻtgan litsenzion turnir orqali terma jamoamiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yettita litsenziya, shuningdek, 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi va erkaklar oʻrtasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan bokschilarimiz roʻyxati: 

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

-51 kg: Tursunoy Rahimova

Musobaqada quyidagi bokschilarimiz shohsupaga koʻtarilishdi:

Oltin medal:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Bronza medal:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-91 kg: Sanjar Tursunov

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?