“Bodaytoʻqay”ning xongulisi

17:43 13 May 2020 Jamiyat
843 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻlkamizning betakror tabiatini bekamu-koʻst avaylab-asrashda qoʻriqxonalarning ahamiyati katta. Zero, ular tabiatda kam uchraydigan, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlash, qayta tiklash, ekologik holatni yaxshilash, tabiiy jarayonlarni oʻrganish, ekologik taʼlim-tarbiyani rivojlantirish kabi olijanob vazifani amalga oshiradi. “Bodaytoʻqay” qoʻriqxonasi ana shunday ajoyib maskanlardan biridir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-sonli qarori asosida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati sifatida tashkil etilgan mazkur qoʻriqxona Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgan. Umumiy maydoni 68717,8 gektarni tashkil etadi.

Rezervatda oʻsimlikning 419, hayvonlarning 36, baliqning 43, qushlarning 246, hashoratlarning esa 1124 turi uchraydi. Ularning ayrimlari Qizil kitobga kiritilgan.

Aytish joizki, bu yerda oʻlkamiz tabiatining ajoyib va noyob vakili Buxoro bugʻulari koʻpaytirilmoqda. Oʻtgan asrning yetmishinchi yillari oʻrtalarida Tojikistonning Ramit qoʻriqxonasidan keltirilgan 12 ta bugʻu koʻpayib, bugun ularning soni mingdan oshib ketdi.

-Har yili kuzda bugʻularni sanash tadbiri oʻtkaziladi,-deydi rezervat boshligʻining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Aqlbek Tureyev.-2019-yil kuz mavsumidagi sanoq boʻyicha Buxoro bugʻulari soni 1233 boshdan ziyod ekanligi aniqlandi. Xonguli, yaʼni Buxoro bugʻulari genofondini saqlab qolish va koʻpaytirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fanlar Akademiyasi va Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlariolib borilmoqda. Bunday ishlar umuman rezervat flora va faunasi boʻyicha ham yuritiladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Termiz davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, doktorant, magistrant va iqtidorli talabalar tadqiqot olib borishlari uchun imkoniyat yaratildi. Ular rezervat xodimlari bilan Buxoro bugʻusining koʻpayishi, qushlar dunyosi, entemofauna, oʻsimliklar dunyosi hamda tabiat solnomasi kabi mavzularda monitoring olib borishadi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

-Hozirgi kunda biosfera rezervati hududiga yaqin joylashgan aholi, dehqon fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlar tomonidan oʻrmon yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda,-deydi A.Tureyev.-Shuningdek, aholining ekologik bilim darajasini yuksaltirish, ekologik turizmni tashkil qilish boʻyicha ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Hidoyat AHMEDOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?