BAAlik investorga Namanganda yangi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 10 daqiqa kifoya qildi

15:48 27 Avgust 2019 Jamiyat
319 0

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan sarmoyador Gang Akash mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan xursand. Boisi, u muassis boʻlgan “NAMANGAN PREMIUM INVESTMENTS” masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish masalasi Namangan shahar davlat xizmatlari markazida tezkorlik bilan hal qilindi

Yangi tashkil etilgan xorijiy korxona qurilish faoliyati bilan shugʻullanadi. Kuni kecha markaz tomonidan unga mazkur faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat beruvchi litsenziya ham tantanali surʼatda topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?