BAAga tegishli raketaning Marsga parvozi qoldirildi. Bunga ob-havo sabab boʻldi

22:29 15 Iyul 2020 Dunyo
424 0

15-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari yomon ob-havo sharoiti tufayli oʻzining Mars sayyorasiga uchirayotgan “Umid” raketasi parvozi yana qoldirilganini maʼlum qildi.

Ushbu havo kemasi chorshanba kuni Yaponiyadan uchirilishi kerak edi, lekin ushbu parvoz juma kunigacha kechiktirildi.

“BAA Fazo Agentligi va MBR Fazo Markazi «Mitsubishi ogʻir sanoat» kompaniyasi bilan bir qancha muhokamalar oʻtkazdi va Tanegeshima orolidan Marsga uchirilayotgan “Umid” raketasining parvozi beqaror ob-havo tufayli yana qoldirildi. Ushbu parvozning keyingi vaqti 24 soat ichida eʼlon qilinadi” deya xabar bergan Dubay OAVlari.

Yettita amirlikdan tashkil topgan BAA Mars sayyorasiga raketa uchirayotgan birinchi arab mamlakati hisoblanadi. Amirliklar Marsni oʻrganishda musobaqalashayotgan uch mamlakatdan biri boʻlib, AQSH va Xitoy raketalari ham Qizil sayyoraga parvozlarni amalga oshirmoqda.

BAAning “Umid” raketasi 2021-yilning fevraligacha Marsga yetib borishi kutilmoqda. Bu fazo operatsiyasining maqsadi Qizil sayyoraning atmosferasini har tomonlama oʻrganishdan iborat boʻlib, ”Umid” Mars atrofida bir yil aylanib yuradi.

Maʼlumot oʻrnida, Marsdagi bir yil Yer sayyorasidagi 687 kunga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?