BAA, Malayziya, Tailanddagi tungi klub va fohishaxonalarga ayollarni joʻnatish bilan shugʻullangan shaxsning qilmishlari fosh etildi 

11:51 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
279 0

Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan X.B. odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganligi aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, X.B. Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Tailandga muntazam borib, tungi klub va fohishaxonalarga mamlakatimizda yashovchi ayollarni joʻnatish bilan shugʻullangan.

Chunonchi, “Instagramm” tarmogʻida profil ochib, Fargʻona, Samarqand, Suxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatida yashovchi xotin-qizlarni Toshkent shahrida yashovchi sherigi orqali chet elga joʻnatgan. Ayollar xorijga borgach, X.B. ularning har biridan 8 ming AQSH dollari talab qilgan, bunga rozi boʻlmaganlarni mahalliy jinoyatchilarga topshirib yuborish bilan tahdid qilgan.

Jabrlanuvchilar chet tilini bilmaganliklari, xorij qonunlaridan bexabarliklari hamda qaytish uchun pullari yoʻqligi sabab X.B.ning shartlariga koʻnishgan. Ayni vaqtda ayblanuvchining 20 nafar xotin-qizdan shahvoniy maqsadlarda foydalanganligi aniqlandi. Xususan, Tailandga sotilgan 12 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, 9 nafar jabrlanuvchidan arizalar olingan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?