BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami taqdim etdi

16:38 15 Oktyabr 2020 Jamiyat
198 0

Birlashgan Arab Amirliklari Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami koʻrsatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, gumanitar yuk tarkibiga oʻpkani sunʼiy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PSR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.

BAA Oʻzbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun moʻljallangan tibbiy mahsulotlarni toʻrtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatimizga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?