BAA kompaniyasi Nurotaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadi

14:22 13 May 2019 Jamiyat
537 0

Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Birlashgan ArabAmirliklarning “Rooia investment” LLC kompaniyasi prezidenti Mahmud Musali va kompaniya delegatsiyasi aʼzolari bilan muzokaralar olib borib, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar boʻyicha memorandum imzoladi.

“Rooia investment” LLC Birlashgan Arab Amirliklarning yirik kompaniyalardan biri boʻlib,u neft, gaz, qurilish, telekommunikatsiya texnologiyalari, sanoat loyihalarini muvofiqlashtirishga ixtisoslashgan. Kompaniya Iroq, Italiya, Misr,Saudiya Arabistoni, Yaman kabi davlatlarda oʻz filiallariga ega.

Kompaniya delegatsiyasi Nurotaning investitsion jozibadorligi hamda sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Tumanda qurilish mollari, ayniqsa,gips, marmar, granit va shunga oʻxshash qurilish materiallari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish,mehmonxona komplekslari bunyod etish,mevali bogʻlar barpo qilish, sanitariya-kurort resurslaridan foydalanish hamda oltin qazib olishni yoʻlga qoʻyish kabi loyihalar kompaniya rahbariyatida katta qiziqish uygʻotib, ushbu yoʻnalishlarda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun tasdiqlangan loyihalar boʻyicha memorandum imzolandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?