Ajrashish arafasida turgan ikki oila yarashtirildi

17:40 06 May 2019 Jamiyat
224 0

Oliy sud raisi oʻrinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari 5-6 may kunlari Andijon va Fargʻona viloyatlari aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha Oliy sud sudyalari Fargʻonada dastlab Quva qishloq xoʻjaligi va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida, soʻngra Rishton sanoat kasb-hunar kollejida sayyor qabul oʻtkazishdi.

Quva oʻtkazilgan sayyor qabulda 97 fuqaro qabul qilinib, jinoyat ishlari yuzasidan 45 nafar, fuqarolik ishlari yuzasidan 40 nafar, maʼmuriy ishlar boʻyicha 11 nafar fuqaroning murojaatlari oʻrganib chiqildi.

Quva tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda murojaatlarning 32 tasi qanoatlantirildi, 53 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 7 nafar fuqaroning shikoyati nazorat tartibida qabul qilindi.

Rishton sanoat kasb-hunar kollejida oʻtkazilgan sayyor qabulda esa 55 fuqaro qabul qilinib, jinoyat ishlari yuzasidan 24, fuqarolik ishlari yuzasidan 20, maʼmuriy ishlar boʻyicha 11 nafar fuqaroning murojaati oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning 17 tasi qanoatlantirilib, 13 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 5 nafar fuqaroning shikoyati nazorat tartibida, 4 nafar fuqaroning arizasi oʻrganish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, sayyor qabullar jarayonida tuman hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, mutaxassislar va notinch oilalar ishtirokida davra suhbati oʻtkazilib, “Farzand omonat” qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir natijasida ajrashish arafasida turgan ikki oila yarashtirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?