Ajiniyoz haqidagi filmda bosh rolni talaba oʻynamoqda

14:21 11 Sentyabr 2018 Madaniyat
585 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Hidoyat Ahmedov/ Qoraqalpogʻiston. Ayni kunlarda qoraqalpoq mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli haqida “Ziyvar” nomli tarixiy badiiy film suratga olinmoqda.

Tasvirga olish ishlari may oyida boshlangan edi. Hozir filmning soʻnggi epizodlari Xiva shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasining tarixiy joylarida suratga olinmoqda.

“Yozuvchi Murodboy Nizanov ssenariysi asosida ishlanayotgan mazkur filmda koʻplab taniqli artist va aktrisalar rol ijro etmoqda. Ammo bosh qahramon rolini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Oybek Jamolov ishonib topshirdik. U buni qoyilmaqom qilib uddalayapti”, - deydi film rejissyori Qudrat Otajonov.

Rejissyorning aytishicha, bosh qahramon rolini ijro etish uchun 250 dan koʻp nomzod ishtirok etgan. Ular orasidan sanʼatning aytishuv janri boʻyicha yuksak qobiliyatga nomzod saralab olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019