Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi muammoni bartaraf etdi

17:54 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
87 0

Gʻijduvonda oilaviy nizolar yoki boshqa sabablar tufayli tushkunlikka tushgan, boshpanasiz qolgan ayollar yoʻq emas.Shu paytga qadar ular uchun vaqtincha yashab turish masalasi katta muammo edi.Tuman xotin – qizlar qoʻmitasi Ayollar ijtimoiy moslashuv markazining foydalanishga topshirilishi bilan bu masala oʻz yechimini topdi.

Markazda oilasida zoʻravonlikka duch kelgan ayollarning vaqtincha istiqomat qilishlari, psixologik –huquqiy, tibbiy yordam olishlari, bir soʻz bilan aytganda, ijtimoiy moslashishlar uchun zarur barcha shart – sharoitlar yaratilgan.Kutubxona, bolajonlar uchun moʻjazgina bogʻcha tashkil etilgan.Maskan jazoni oʻtash joylaridan qaytgan, oilasidan uzoqlashib qolgan ayollar bandligini taʼminlashda ham qoʻl keladi.Hozirning oʻzidayoq bu yerdagi tikuv sexida oʻn nafardan ziyod ayol ishga joylashdi.

Markazning ochilish marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston Xotin – qizlar qoʻmitasining Reabilitatsiya va moslashtirish markazi mutaxassislari soha xodimlari uchun psixologik trening ham oʻtkazdilar.

Istam IBROHIMOV,

(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?