Ayol kishi bogʻcha bolalariga pichoq bilan hujum qildi

17:47 26 Oktyabr 2018 Dunyo
669 0

Xitoyning Chunsin shahrida ayol kishi oshxona pichogʻi bilan 14 nafar bogʻcha bolasini jarohatlagan. Bu haqda mahalliy politsiya vakili maʼlumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. 

Unga koʻra, ushbu hujumni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan 39 yoshli fuqaro 26 oktyabr kuni bogʻcha darvozasi yaqinida ertalabki badantarbiyadan qaytayotgan bolalarga tashlangan. Muassasa xodimlari va qoʻriqchilar ayol kishini toʻxtatib qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uni qoʻlga olgan.

Ushbu jinoyatni qilishdan koʻzlangan maqsad haqida hozircha hech narsa maʼlum emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?