Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bekor qilinadi

13:31 06 Avgust 2019 Jamiyat
449 0

“Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida Adliya vazirligi qarori loyihasi tayyorlandi. U Normativ huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirildi.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-fevraldagi F–5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.

Hujjat hayotga tatbiq etilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 29-maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmasi (roʻyxat raqami 929, 2000-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?