Avtoraqamlar 3 mlrd. soʻmga sotildi

12:23 27 Avgust 2019 Jamiyat
82 0

2019-yilning 19-25-avgustlarida “OʻzRTXB” AJ da 856,1 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 11,9%ga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9,7% ga oʻsib, 464,0 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu haqda “OʻzRTXB” matbuot xizmati xabar berdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 655,4 mlrd soʻmdan 742,6 mlrd soʻmga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,9 mln AQSH dollarga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 31,8%ga yuqori. Eksportning tarkibida polietilenning turli markalari 63%, paxta tolasi 27%, va boshqa mahsulotlar 10% ni egallashdi.

Koʻrgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi kichik oʻsish bilan 33,1 mlrd soʻmga yetdi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 3,6 mlrd soʻmni yoki tuzilgan bitimlarning 10,1% ni egalladi.

Oʻtgan haftada davlat xaridlari boʻyicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 77,4 mlrd soʻmni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablagʻini tejalishi 17,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 682 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,0 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 45,9% ikkinchi va 33,6% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?