Avtomobilni oʻz vaqtida ololmagan isteʼmolchiga 53,63 mln soʻm qayta undirib berildi 

10:55 01 Iyun 2019 Jamiyat
363 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Toʻrtkoʻl“ tumani “Ullibogʻ“ OFY yashovchi Javohir Abdunabiyev murojaat qildi.

Arizaga shartnoma shartlarini bajarmagan avtolizing korxonasi sabab boʻldi. Isteʼmolchi “Toʻrtkoʻl Avtolizing” MCHJ korxonasi bilan shartnoma tushi orqali “Damas” rusumli avtomobilini lizinga berish toʻgʻrisida kelishadi. Shartnomada belgilangan summa 53 630 000 soʻmni avvaldan toʻlab beradi.

Lekin korxona isteʼmolchiga na avtomashinani yetkazadi va na toʻlangan pulni qaytarib beradi.

Federatsiya mutaxassislari masalani sinchkovlik bilan oʻrganib chiqishadi va isteʼmolchi toʻliq haq ekanligi maʼlum boʻladi. Natijada, “Damas“ uchun toʻlangan 53 630 000 soʻm egasiga qaytarib beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?