Avtomobillarni tumanga qarshi faralarsiz xaridorlarga yetkazilish holatlariga izoh berildi

15:18 11 Aprel 2019 Iqtisodiyot
272 0

Bugun ayrim ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “GM Uzbekistan” avtomobillarining tumanga qarshi faralarsiz yetkazib berilganligi holatlari aniqlanganligi boʻyicha xabar eʼlon qilindi.

Avtomobillarni tumanga qarshi faralarsiz xaridorlarga yetkazilish holatlari mazkur butlovchi qismning yetkazib berilishida kechikish yuzaga kelganligi sababli xaridorlarni ogohlantirgan va ular bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Avtomobillarni egalariga oʻz vaqtida yetkazib berish maqsadida kompaniya ularni vaqtincha tumanga qarshi faralarsiz, keyinchalik oʻrnatib berish sharti bilan qaror qabul qilgan.

Tumanga qarshi faralarning Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining talabi bilan qoʻyib berilganligi haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, sababi avtomobillarga mazkur butlovchi qismlarni oʻrnatib berish “GM Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan doimiy nazoratda boʻlgan va bu haqda xaridorlar ham ogohlantirilgan.

Shu oʻrinda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning xaridi jarayonida yuzaga kelgan har qanday masalada kompaniyaning 78 147-14-14 Ishonch telefoni hamda 78 141-77-77 koll-markaziga qoʻngʻiroq qilishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?