Avtomobilga parda oʻrnatishda qanday yangilik bor?

13:35 05 Avgust 2019 Jamiyat
518 0

Illyustrativ foto

Xabaringiz bor, shu yil 2-avgust kuni hukumat tomonidan “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bloger Xushnud Xudoyberdiyev undagi asosiy yangiliklarni maʼlum qildi.

Tonirovkaning yorugʻlik oʻtkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:

orqa oyna (lobovoy) – 100 foizgacha;

orqa yon oyna (orqa eshik) – 100 foizgacha;

old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50 foizgacha;

old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100 foizgacha;

turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50 foizgacha.

Tonirovka narxlari:

Orqa oyna (lobovoy) uchun: TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas);

Old oynaning tepa qismidan 14 santimetr polosa – TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas).

Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun:

jismoniy shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming soʻm);

yuridik shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming soʻm);

xorijiy tashkilotlarga — 20 barobar (4 million 460 ming soʻm).

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

jismoniy shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming soʻm);

yuridik shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming soʻm);

xorijiy tashkilotlarga — 80 barobar (17 million 840 ming soʻm).

Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 million 150 ming soʻm) miqdorida.

Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;

2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun toʻlov stavkalariga teng boʻlgan miqdorda (hozir 5 million 575 ming soʻm edi) oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Aytgancha, qarorda parda masalasiga toʻxtalib oʻtilgan.

Unga koʻra:

III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtoransport vositalari orqa oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga(qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda(chiy parda, darparda), oʻrnatishga ruxsat beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?