Avtomobilga ishonchnomalar vakolatlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqi bilan berilishi mumkin

14:49 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
1086 0
Illyustrativ foto

Transport vositalarini boshqarish va tasarruf etishga vakolatlarni rasmiylashtirish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar muhokamaga qoʻyildi.

Norma.uz manbasiga koʻra, boshlanishiga 2001 yildan amal qilayotgan 2 ta taqiqni bekor qilish taklif etilmoqda:

  • avtomototransport vositalariga nisbatan vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirishga boʻlgan taqiq ayni paytda bu ishonchnoma boʻyicha jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan transportni boshqaradigan har bir shaxsga ishonchnoma faqat mulkdor tomonidan beriladi;
  • Oʻzbekiston rezidentlari boʻlmagan shaxslarga avtomototransport vositalari ijara shartnomalarini notarial rasmiylashtirishga boʻlgan taqiq – bu taqiq boʻyicha ayni paytda chet ellik fuqarolar avtomobillarni ijaraga ololmaydilar.

Bundan tashqari, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida 30 kungacha boʻlgan muddatga avtomobilning ijara shartnomasini majburiy notarial tasdiqlash bekor qilinganligi munosabati bilan bunday shartnomalarni YHXDX organlarida hisobga qoʻyish talab etilmasligini belgilovchi aniqlashtirishni kiritish taklif etilmoqda.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?