Avtomobil sotishda firibgarlik qilgan 30 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

14:14 26 Iyul 2018 Dunyo
427 0
Illyustrativ foto

Yaqinda AQSHda avtomobil sotishda yirik firibgarlik qilish va pul yuvishda ayblanayotgan yirik guruh qo‘lga olindi.

RIA Novostining Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, jinoiy guruh tarkibida Rossiyaning 7 nafar, Gruziyaning 5 nafar, Ozarbayjonning 4 nafar, Qozog‘istonning 3 nafar, Latviyadan va Ukrainadan 2 nafardan fuqaro hamda bir nafardan AQSHlik va turkiyalik joy olgan.

Keyinchalik shu ish bo‘yicha Nyu-Yorkda 11 kishi, Florida va Michiganda yana bir necha kishi ushlangan. Sakkiz kishi, jumladan, olti nafar rossiyalik qidiruvga berilgan.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ayblanayotganlar internetga avtomobil sotish to‘g‘risida soxta e’lonlarni joylashtirib, qarmoqqa tushgan odamlardan zakalat pulini olgan hamda ularni pul yuvish orqali mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborishgan. O‘zlari esa yashiringan.

“Mazkur sxema 2016 yilning noyabridan 2018 yilning iyuliga qadar amalda bo‘lgan. Yetkazilgan zarar qariyb to‘rt yarim million dollar ekani aytilmoqda.

Ularga qo‘yilayotgan ayblovlar o‘z isbotini topsa, firibgarlik qilish bo‘yicha til biriktirganlik uchun 30 yil, pul yuvish bo‘yicha til biriktirganlik bo‘yicha 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?