Avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish “qancha” turadi?

10:12 04 Fevral 2019 Jamiyat
611 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Fargʻona shahar elektr tarmoqlari” korxonasi rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O.lar “A” xususiy korxonasiga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5500 AQSH dollari talab qilib, shundan 4000 AQSH dollarini xususiy korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?