Rossiyadan yo‘lga chiqadigan maxsus avtokarvon O‘zbekistondagi yo‘llar holatini o‘rganadi

11:05 24 Iyul 2018 Jamiyat
398 0
Foto: UFA hokimligi

6 avgustda Moskvadan “Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni yo‘lga chiqadi. Avtomobillar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan o‘tadi.

Rossiya matbuoti bergan xabarga ko‘ra, avtokarvon O‘sh orqali O‘zbekistonning Andijon—Toshkent—Samarqand—Navoiy—Buxoro yo‘nalishlarida harakat qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtokarvonning so‘nggi manzili aynan Buxoro bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Qayd qilinishicha, haydovchilar jami 6 ming kilometrni bosib o‘tishadi. Birgina Rossiyaning o‘zida mashinalar (dam olish vaqti e’tiborga olinmaganda) 32 soat yurishlari kerak bo‘ladi.

Yo‘l davomida avtokarvondagi mutaxassislar maxsus ko‘chuvchi laboratoriyalarda xalqaro yo‘llarning sifatini tekshirib borishadi. Ular yo‘llarning ravonligi, bardoshliligi va boshqa texnik omillarni e’tiborga olishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?