“Avto 60 oy” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari yakunlandi

20:35 02 Iyun 2020 Jamiyat
562 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019-yil 12-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi (Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha, joriy yilning 06-may kuni ayblanuvchilar J.B, O.M., E.Q, M.X.larga nisbatan JKning 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 1881-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.ga nisbatan esa JKning 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi “a,v” band, 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi “a, v, g” bandlari ( Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov toʻldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Jinoyat ishi boʻyicha “AVTO OLTMISH OY” MCHJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi maʼlumotlar boʻyicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qoʻshilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan modiy zarar 47,7 mlrd. soʻm ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. soʻm undirilgan.

Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?