Avstriyalik tadbirkorlar: “Keyingi manzil — Oʻzbekiston bozori”

Oʻzbekistonda soʻnggi ikki yilda roʻy bergan keng koʻlamli islohotlar jarayoni Avstriya jamoatchiligining ham yurtimizga nisbatan qiziqishi keskin ortishiga sabab boʻldi.
Yaqinda Venaning nufuzli jurnallaridan biri, ishbilarmon doiralar oʻrtasida nihoyatda ommabop sanalgan “Industrie Magazin” nashri sahifalarida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqidagi maqola shu jihatdan koʻpchilik eʼtiborini tortdi.
“Oʻzbekistonning kuchli jihatlaridan biri ulkan tabiiy resurslar va ishchi kuchidir. Markaziy Osiyoning aholisi eng koʻp ushbu davlatida Avstriya kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kelganidan soʻng respublikada misli koʻrilmagan islohotlar boshlandi. Oʻzbekiston rahbari kuchli siyosatchi sifatida mamlakatda va xalqaro maydonda katta obroʻ-eʼtibor qozondi”, deyiladi nashrda.
“Industrie Magazin” sharhlovchilari taʼkidlaganidek, amalga oshirilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar valyuta tizimining liberallashuviga ijobiy reaksiya bildirdilar. Olib borilayotgan soliq va bojxona islohotlari esa tadbirkorlar uzoq yillardan buyon duch kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Maqolada avstriyalik taniqli iqtisodchi, “Advantage Austria” konsalting kompaniyasi asoschisi Rudolf Talerning quyidagi fikrlari keltirilgan:
“Avstriya kompaniyalari uchun Oʻzbekistonda infratuzilmaviy loyihalar, neft va gaz, tez rivojlanayotgan agrobiznes, sogʻliqni saqlash kabi sohalarda ulkan imkoniyatlar mavjud. Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati ishlab chiqarish quvvati boʻyicha MDHda Rossiyadan keyin ikkinchi oʻrinda turishini ham yodda tutish lozim. Soʻnggi yillarda muqobil elektr energiyasi manbalari — quyosh va gidroelektr stansiyalarini qurishga qaratilayotgan eʼtibor ham avstriyalik tadbirkorlar uchun ushbu mamlakat “hali oʻzlashtirilmagan, lekin katta salohiyatga ega makon” ekanligini isbotlaydi”.
“Oʻzbekiston Prezidenti mamlakat zamon bilan hamnafas boʻlishini istaydi. Shu sababli respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi, — deya qayd etiladi jurnalda. — IT tarmogʻi kengayishi, yangi biznes-inkubatorlar yaratilishi natijasida yuqori texnologik tovarlar hajmi ortishi kutilayotgani prognoz qilinadi. “Startaplar 2028 yilgacha koʻplab soliqlardan ozod qilinganini hisobga oladigan boʻlsak, Oʻzbekistonda tez orada IT sohasida “portlash” yuz berishi tayin”.
“2019 yili avstriyalik tadbirkorlardan iborat bir nechta delegatsiyalarning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu mahalliy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va oʻzaro manfaatli shartnomalar imzolash uchun qulay imkoniyatdir”, deb taʼkidlanadi “Industrie Magazin” nashrida.
Anvar MIRZAYEV
(“Xalq soʻzi”) tayyorladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: