Avstraliyalik olimlar koronavirusni davolash yoʻlini topishdi

14:13 29 Yanvar 2020 Dunyo
4676 0

Illyustrativ surat

Avstraliyalik olimlar Xitoydan tashqarida birinchi boʻlib koronavirusni yaratishdi. Ular buni “muhim yutuq“ deb atashdi. Qayd etilishicha, bu holat virusni aniqlash va davolashga yordam beradi.

“Melburn shahridagi ixtisoslashtirilgan laboratoriya tadqiqotchilari oʻtgan juma kuni olingan Xitoy koronavirusining nusxasini yaratishga muvaffaq boʻlishganini maʼlum qilishdi, deydi “bbc.com”.

“Biz shunga oʻxshash holatlarga koʻp yillar davomida tayyorlanib kelganligimiz bois tezroq javob olishga muvaffaq boʻldik“, dedi Piter Doerti infeksion va immunitet instituti doktori Mayk Ketton.

Avstraliyalik olimlar ushbu virusning qayta tiklangan nusxasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga topshirishni rejalashtirmoqdalar, bu ularning virusni tashxislash va davolash boʻyicha universal harakatlariga yordam berar ekan.

“Koronavirus nusxasi sinov uchun nazorat materiali sifatida ishlatilishi mumkin”, deydi avstraliyalik olimlar.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ular yaratgan nusxa tufayli koronavirus tashxisini erta bosqichda — alomatlarini hali namoyon qilmagan odamlarda aniqlash mumkin ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?