Avstraliyada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ortmoqda

21:06 31 Iyul 2020 Dunyo
245 0

Avstraliyada 29-iyul kuni koronavirusga chalinish boʻyicha rekord koʻrsatkich qayd etilib, 700 dan ziyod odamga COVID-19 tashxisi qoʻyildi. Ayni paytda bu mamlakatdagi kasallanganlar jami 16 298 kishini tashkil qilmoqda.

Avstraliyadagi Viktoriya shtati virus oʻchogʻiga aylangan. Bu yerda hukumat tomonidan barcha odamlarga yuzni maxsus moslama bilan toʻsib yurish buyurilgan.

Shuningdek, Avstraliyada payshanba kuni 13 kishi koronavirus sabab dunyodan oʻtdi va qurbonlarning umumiy soni 189 kishiga yetdi. Bu oʻlimlarning yarmidan koʻpi markazi Melbrun boʻlgan Viktoriya shtatida qayd etilgan.

«Melbrunda bir necha haftalardan beri karantin davom etib kelmoqda. Lekin, biz kutgan natija boʻlmayapti, shuning uchun yana qoʻshimcha joriy qilingan choralar juda ham zarurdir. Baʼzi kunlarda virus gʻolib kelmoqda, yana baʼzi kunlarda esa biz uni yengmoqdamiz. Lekin, men oʻylaymanki, biz Avstraliya xalqi virusga qarshi immunitetga ega, degan fikrlarga aldanib qolishdan ehtiyot boʻlishimiz kerak» deydi Avstraliya Bosh Vaziri Skot Morrison Viktoriyada joriy qilingan yangi cheklovlarni qoʻllab-quvvatlar ekan.

6 million kishi istiqomat qiladigan Viktoriya shtati rahbari Daniyel Andryus 2-avgustdan boshlab barchadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi talab qilinishini aytdi. U ijtimoiy masofalanish qoidalariga amal qilinishi kerakligini, Melbrundagi aholi 30-iyuldan boshlab uylariga mehmon qabul qilishlariga ruxsat berilmasligini ham maʼlum qilgan.

Lekin, kafelar, barlar va restoranlar ochiqligicha qolishiga ruxsat berildi. Chunki, bu yerlarda ijtimoiy masofa saqlanishini nazoratga olsa boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?