Avstriya kompaniyasi Muzrabot tumanida umumiy qiymati 50 million dollarlik ikkita loyihani amalga oshiradi

18:57 25 Iyul 2018 Iqtisodiyot
350 0
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi tomonidan Muzrabot tumanida qiymati 35 million dollarga teng bo‘lgan kepchup ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 6 ming tonnalik muzlatgich hamda bir gektar maydonda issiqxona tashkil etiladi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi rahbari Ahmad Ramzaniy o‘rtasidagi muloqotda ma’lum qilindi.

Viloyatdagi muxbirimiz Ilhom Rahmatovning ma’lum qilishicha, uchrashuvda, shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga binoan Muzrabotda umumiy qiymati 15 million dollarlik tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?