Aviachiptalar pullari isteʼmolchilarga qaytarib olib berildi

12:32 31 Oktyabr 2020 Jamiyat
524 0

Illyustrativ foto

“COVID19” infeksiyasining mamlakatimizda joriy yilning 16-mart kunidan boshlab Maxsus komissiya qaroriga koʻra kuchaytirilgan karantin talablari joriy etilgandi. Xalqaro aviaqatnovlarning vaqtinchalik toʻxtatilishi oqibatida yoʻlovchilar xarid qilgan aviachiptalar bekor qilingandi. Karantin talablari yumshatilgach fuqarolar chiptalarga toʻlagan toʻlovlarini qaytarib olish maqsadida murojaat qila boshlashdi.

Koʻpgina isteʼmolchilarga toʻlovlari qaytarilmayotgani, “onangga bor, otangga bor” qabilida munosabat bildirilayotgani bugungi kunda dolzarb muammolarni vujudga keltirmoqda. Jumladan, Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.J 1.500.000 soʻmga Buxoro — Moskva yoʻnalishida uchuvchi samolyot aviachiptasini xarid qilgan va cheklovlar tufayli keta olmagach, pulini qaytarib berishlarini soʻragan. Ammo hyech qanday ijobiy yechim kuzatilmagach, Qorakoʻl tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Xuddi shu kabi holat fuqaro S.D bilan ham sodir boʻlgan. S.D va oila aʼzolari mart oyida Rossiya Federatsiyasiga borishi uchun umumiy qiymati 35.000.000 (oʻttiz besh million) soʻmga aviachiptalar xarid qilishgan. Ammo keyinchalik chiptalar uchun toʻlovni qaytarib olish maqsadida aviakassaga murojaat qilib koʻrishgan. Hech qanday oʻzgarish boʻlmagach, Qorakoʻl tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ogʻzaki murojaat qoldirishadi. 

Jamiyat mutaxassisi I.Yangiyev ushbu ikki murojaatni qonuniy oʻrgandi va ikki muammo xam tezda oʻz ijobiy yechimini topdi. Har ikki fuqaro toʻlagan toʻlov toʻliq qaytarib olib berildi. Bu kabi muammo sizni xam qiynab kelayotgan boʻlsa, sizning isteʼmolchi sifatidagi qonuniy huquqlaringiz himoyachilari borligini unutmang!

Amirxon Ahmadov,
Oʻzbekiston IHHQJF Buxoro viloyati xududiy birlashmasi
raisining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 
Matbuot-axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori boshligʻi
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?