UEFA Superkubogining g‘olibi aniqlandi

09:52 16 Avgust 2018 Sport
512 0
Foto: Getty Images

Estoniyaning Tallin shahrida futbol bo‘yicha UEFA superkubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning ikki jamoasi maydonga tushdi.

“Real” Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi g‘olibi sifatida ushbu bahsda qatnashgan bo‘lsa, “Atletiko” Madrid Yevropa ligasining 2017/2018 mavsum chempioni sifatida superkubok sovrini uchun kurash olib bordi.

Uchrashuvda hisob 47 soniyadayoq “Atletiko” hujumchisi Diyego Kosta tomonidan ochildi. Ispaniya terma jamoasi hujumchisi bu bilan superkuboklar tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi. Birinchi bo‘limning o‘zida Benzema o‘z goli bilan javob qaytargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Serxio Ramos penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Kosta ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi va asosiy vaqt durang bilan tugadi.

15 daqiqadan iborat ikki bo‘limda “Atletiko” Saul va Koke tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi. “Real” futbolchilar esa bu hisobni yo‘qqa chiqarishning uddasidan chiqa olishmadi. Natijada “Atletiko” Yevropa ligasi ortida Yevropa superkubogi bosh sovrinini ham o‘ziniki qilib oldi.

Bu “Atletiko” Madridning UYEFA superkubogidagi uchinchi bosh sovrini bo‘ldi jamoa bu orqali kubokni qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxatida 4-o‘ringa o‘ringa ko‘tarilib, “Liverpul” bilan tenglashib oldi. Madridliklar bungacha 2010 va 2012 yillarda mazkur sovringa ega chiqishgandi. “Atletiko”dan ko‘proq superkubok yutgan jamoalar soni uchta qolmoqda: “Barselona” (5 marta), “Milan” (5 marta) va “Real” (4).

UYEFA superkubogi 2018. 
Real Madrid - Atletiko Madrid 2:4 (1:1, 1:1, 0:2, 0:0) 
Gollar: Karim Benzema (27),Serxio Ramos (63, pen) – Diyego Kosta (1, 79), Saul (98), Koke (104). 
Real: Keylor Navas, Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Toni Kroos (Borxa Mayoral, 102), Karim Benzema, Garet Beyl, Marselo, Kazemiro (Dani Sebalos, 76), Marko Asensio (Luka Modrich, 57), Isko (Lukas Vaskes, 83). 
Atletiko: Yan Oblak, Diyego Godin, Stefan Savich, Lukas Ernandes, Xuanfran, Rodrigo (Vitolo, 72), Koke, Toma Lemar (Tomas Partey, 90), Saul, Antuan Grizmann (Anxel Korreya, 57), Diyego Kosta (Xose Mariya Ximenes, 109).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?