Atamboyev yana qator ogʻir jinoyatlar, jumladan, qotillikda ham ayblanmoqda

17:54 13 Avgust 2019 Jamiyat
382 0

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan qator ogʻir jinoyatlar, jumladan, qotillik boʻyicha ayblovlar ham eʼlon qilindi. Bu haqda ushbu mamlakat Bosh prokuraturasi operativ-qidiruv faoliyati va tergov boʻyicha nazorat boshqarmasi boshligʻi Zamir Beyshekeyev maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bundan tashqari, Atamboyev ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish, garovga olish va hokimiyat vakiliga qarshi zoʻrlik ishlatishda ayblanmoqda. U butun umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?