Atamboyev va uning oilasiga tegishli boʻlgan 135 ta mol-mulk xatlab qoʻyildi

22:05 27 Avgust 2019 Dunyo
250 0

Almazbek Atamboyev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan 135 dona mol-mulk xatlab qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik.

Taʼkidlanishicha, Harbiy prokuraturada Atamboyev prezidentlik davrida noqonuniy boylik orttirishi holati boʻyicha jinoyi ish mavjudligini inobatga olgan holda, maʼlumotlar tekshirilishi va taqqoslanishi uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ish yurituv davomida 20 ta uy-joydan xatlov olib tashlandi.

Almazbek Atamboyev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan obyektlar, shuningdek, noqonuniy ravishda qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulklarni qidirish va aniqlash boʻyicha Qirgʻiziston milliy xavfsizlik va IIV tezkor boʻlinmalariga tergov koʻrsatmalari berildi.

Bosh prokuratura Atamboyev va yaqinlariga tegishli boʻlgan barcha obyektlarning egalik huquqini tekshirib chiqadi, keyinchalik xatlab qoʻyilgan mol-mulklarning yangilangan roʻyxatni eʼlon qilish rejalashtirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?