Atamboyev davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrishda ayblandi

12:14 13 Avgust 2019 Dunyo
232 0

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Orozbek Opumbayev mamlakat sobiq rahbari Almazbek Atamboyevni davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

U Atamboyevga davlat toʻntarishini amalga oshirish uchun “qon kerak boʻlgani”ni maʼlum qildi.

Opumbayev Qirgʻizistonning sobiq rahbari oʻz qarorgohida davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrayotgani, sababi uning uyi yaqinida butun boshli qurol-yarogʻ ombori topilganini qoʻshimcha qildi.

Qayd etilishicha, sobiq prezident uyining uchinchi qavati bunker sifatida maxsus mustahkamlangan.

Bundan oldin Atamboyev korrupsiyada ayblanayotgani haqida xabar berilgandi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?