Atamboyev 26-oktyabrga qadar qamoqda qoladi

15:46 20 Avgust 2019 Jamiyat
88 0

Illyustrativ foto

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi tergov(MXQT) hibsxonasida 26-oktyabrga qadar qoladi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev xaba berdi.

Sputnik xabariga koʻra, bugun MXQT binosida oʻtkazilgan sayyor sudda Atamboyevning qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz, sobiq prezident 14 ta jinoiy ish boʻyicha ayblanmoqda. Uning advokati soʻzlariga koʻra, Atamboyev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi oʻziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy, deb hisoblaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?