Astronomlar kuchli magnit bo‘roni bo‘lishidan ogohlantirmoqda

12:08 31 Iyul 2018 Dunyo
671 0
Illyustrativ foto

Astronomlar kuchli magnit bo‘roni bo‘lishidan ogohlantirmoqda. Tabiatning bunday hodisasi avgust oyida kuzatiladi. Uning kuchi besh balli shkala yetib, 20 avgust kuni butun Yer sharini qoplaydi.

Astronomlar Rossiya fanlar akademiyasi P. N. Lebedev nomidagi fizika instituti laboratoriyasi ma’lumotlariga tayanib shunday xulosaga kelishgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlari tufayli ba’zi energetika tizimlari uchib qolishi mumkin. Shuningdek, u fazoda foydalanilayotgan qurilmalarga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli ham bor.

Bungacha magnit bo‘ronlari joriy yilning 20 aprel, 6 va 7 may ham 28 iyul kunlari kuzatilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?