"AstraZeneca" vaksinasi keksa koʻngillilarda kuchli immunitet paydo qildi: bu nimani anglatadi?

17:07 28 Oktyabr 2020 Dunyo
227 0

"AstraZeneca" ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi yoshi katta odamlarda xuddi yoshlardagi kabi immunitet reaksiyasini keltirib chiqardi. Bu haqda "Business Insider" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, immunitet tizimida javob reaksiyasining yuzaga kelganligi ushbu preparatning keksa odamlar uchun mutlaqo xavfsiz ekanligini anglatmaydi. Ammo bu toifadagi insonlarda immunitetning zaifroq boʻlishi hisobga olinsa, bu aniq yaxshi yangilikdir.

«Biz keksalarning katta va kichik guruhlari orasida oʻxshash immunogen reaksiyasini koʻrganimizdan, shuningdek, yuqori xavfli guruh boʻlmish keksa odamlar orasida reaktogenlik (yon taʼsirlar - tahr.) pastroq boʻlganligidan juda xursandmiz», - deyiladi kompaniya xabarida.

Oʻz vaksinasidan foydalanish uchun birinchilardan boʻlib ruxsat olishga umid bildirayotgan "AstraZeneca" yaqin kelajakda barcha sinovlarni yakunlab, yil oxiriga qadar "COVID-19"ga qarshi xavfsiz va samarali preparat taqdim etishni niyat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?