Asrga tatigulik bir yil!

09:27 02 Dekabr 2019 Jamiyat
152 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universitetining asosiy maqsad va vazifalari sirasiga Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatiga munosib hissa qoʻshishga qodir yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlash, xalqaro turizm sohasida ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni amalga oshirish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kiradi.

Tashkil etilishining ilk kunlaridan boshlab, universitet mehnat jamoasi tomonidan dunyoning 37 davlatida joylashgan turizm, mehmondorchilik va servis sohasi uchun professional kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan 58 tanufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Buning natijasida Ispaniyaning Iberiya – Amerika ittifoqi ekspertlari, UNWTO Butunjahon turistik tashkiloti ekspertlari, Fransiyaning Parij fanlar akademiyasi ekspertlari, Turkiya Fanlar akademiyasi, Xitoy Xalq Respublikasining Gongkong politexnika universiteti, AQSHning Amerika mehmonxonalari assotsiatsiyasi ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatilib, bunday hamkorlik natijasida, tashkil etilganiga bor-yoʻgʻi bir yil boʻlgan mazkur universitet nufuzli SUN (Silkroaduniversitiesnetwork – Ipak yoʻli universitetlari) internet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosi boʻldi.

Shu bilan birgalikda, UNWTO Butunjahon turistik tashkilotining TEDQualcertification tizimi orqali sertifikatsiyadan oʻtish borasida “yoʻl xaritasi” tuzilib, tasdiqlandi va universitet taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan ishlar davomida TICA, DAAD, KOICA, Erasmus+, JICA, AHLEI, YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatildi.

2018/2019 oʻquv yili natijalariga koʻra Indoneziya Respublikasining Surakartashahrida joylashgan Saxid turizm instituti, Djakarta shahrida joylashgan Saxid Politexnika institutlari bilan uchta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha, Xitoy xalq Respublikasining Guylin universiteti, Chexiya Respublikasining Logistika Oliy maktabi, Turkiya Respublikasining Turizm akademiyasi kabi nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari haqidagi kelishuvlarga erishilib, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekistonlik talaba yoshlar turizm sohasida xalqaro nufuzga ega xorijiy oliy taʼlim dargohlarida oʻqish baxtiga muyaassarboʻlishdi.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti bugungi kunga qadar dunyoning 43 tamamlakatida joylashgan 52 ta nufuzli universitetlar bilan oʻzaro hamkorlik haqida memorandumlar tuzilgan. Xususan, 2019-yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasida oʻtkazilgan Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida IV Hamkorlik Forumi ishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shandun viloyati turizm va mehmondorchilik kolledji bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanib, qisqa muddat ichida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining uchta talabasi mazkur kolledj tomonidan ajratilgan grant doirasida Shandun turizm va mehmondorchilik kolledjida taʼlim olish huquqiga ega boʻlishdi.

Bugungi kunda universitet mehnat jamoasi Buyuk Britaniya taʼlim Qoʻmitasining nufuzli “CreativeSpark” granti sohibi hamdir. Grantning asosiy maqsadi talabalar  kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ingliz tilida muloqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlikka oʻrgatishdir. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar natijasini yoritar ekanmiz, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining 2-kurs talabasi Aziza Ashurovaning yutuqlarida toʻxtalmasdan ilojimiz yoʻq, zero u Buyuk Britaniya taʼlim Qoʻmitasining nufuzli “CreativeSpark” granti doirasida oʻtkazilgan tanlovning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib,  Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini innovatsion texnologiyalar sohasida rivojlantirish mavzusiga bagʻishlangan start-ap loyihasini taqdim etdi.

2019-yilning iyul oyi davomida universitetning 3 nafar xodimi va 10 nafar talabasi Italiya Respublikasining Rim shahrida joylashgan I.P.S.S.A.R. TorCarbone, viadiTourCarbon institutida, shu yilning avgust oyi davomida esa universitetning 2 nafar oʻqituvchisi va 8 nafar talabasi Indoneziya Respublikasining Gunadarma universitetida oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashdi.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalarining xalqaro andozalarga muvofiq taʼlim olishi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilayotgan boʻlib, bular orasida Buyuk Britaniya Taʼlim Qoʻmitasining besh yillik loyihasi doirasidagi rejaga muvofiq, 2019-yilning oktyabr oyidan boshlab universitet qoshida “Englishclub” tashkiloti talabalarni mustaqil ravishda ingliz tilida ish yuritishga oʻrgatishga qaratilgan faoliyatini boshlaganligini tilga olish joiz.

Universitet rahbariyati tomonidan axborot-resurs markazi tarmogʻining UNWTO Butunjahon turizm tashkilotining “E-library” xalqaro elektron kutubxonasi tarmogʻiga ulanishiga erishilgani esa, universitet professor-oʻqituvchilari tarkibi va talabalariga beqiyos sovgʻa boʻlib, albatta qoʻshimcha qulayliklar tugʻdirdi.

Universitet jamoasi tomonidan bor yoʻgʻi bir yil ichida bakalavriatning kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari uchun 13 ta, sirtqi taʼlim yoʻnalishlari uchun 5 ta, magistratura  taʼlim yoʻnalishlari uchun 3 ta kredit taʼlim texnologiyalariga asoslangan taʼlim dasturlari yaratildi. Ahamiyatlisi, mazkur taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha dasturlar, xalqaro standartlar va Bolonya taʼlim jarayoni talablariga mos ravishda, bevosita    Ispaniyaning Iberiya – Amerika ittifoqi ekspertlari, UNWTO Butunjahon turistik tashkiloti ekspertlari, Fransiyaning Parij fanlar akademiyasi ekspertlari, Turkiya Fanlar akademiyasi, Xitoy Xalq Respublikasining Gongkong politexnika universiteti, AQSHning Amerika mehmonxonalari assotsiatsiyasi ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilib, ularning ingliz tilida yaratilganligi bugungi kunda universitetda faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar va talabalarga qoʻshimcha qulaylik yaratib berdi.

- Oʻzbekiston Respublikasi turizm sohasini 2019-2025-yillar davomida rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan masalalar zamirida yotgan boʻlib, mamlakatimiz turizm sohasi vakillari, shu jumladan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti mehnat jamoasi oldida ham, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar sonini 10 million kishiga yetkazish vazifasi turibdi. Bunday miqdordagi turistlarga xizmat koʻrsatish uchun, bizga avvalambor, oliy toifadagi, yuqori malakali kadrlar zarur, - deydi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.Toʻrayev. - Bugungi kunda mamlakatimizda 8 ta yoki 9 ta oliy taʼlim muassasasi mehmonxona biznesi, restoran biznesi sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan, ammo ularning birortasi ham UNWTO Butunjahon turistik tashkilotining TedQual sertifikatiga ega emas. Oʻz navbatida esa, universitetimiz tomonidan tayyorlab berilayotgan kadrlar, UNWTO Butunjahon turistik tashkiloti tomonidan tan olinishi mamlakatimiz nufuzi uchun oʻta muhim. Bor yoʻgʻi besh oldin, biz bu haqda gapirganizda, bizning ustimizdan kulgan ekspertlar, oxirgi bir yil davomida universitetimizga nisbatan katta qiziqish bildirib, hatto taʼlim yoʻnalishlari dasturlarini ishlab chiqishda oʻz xolisona fikrlarini bildirib kelishmoqda. Bugunning oʻzidayoq, Oʻzbekistonimiz turizmning koʻplab yoʻnalishlarida birinchi oʻntaliklardan joy egallab kelmoqda, masalan turizm uchun xavfsiz mamlakat sifatida yoki gastronomik turizm sohasida.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga 2018/2019 oʻquv yilida 137 nafar talaba qabul qilingan boʻlsa, 2019/2020 oʻquv yilida bu koʻrsatkich universitetning bakalavriat, magistratura, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 500 nafar talabaga yetdi. Buning zamirida mamlakatimiz turizm sohasi oliy toifadagi malakali professional kadrlarga nechogʻlik katta ehtiyoj sezayotganligi yotibdi.

Universitet mehnat jamoasi tomonidan arsga tatigulik bir yil davomida erishilgan yutuqlar haqda ularning koʻzlaridagi ishonch va shijoatni koʻrar ekanmiz, bu ulugʻ maqsad sari hali koʻplab yutuqlarga erisha olishligimizga biz ham ishondik.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi“.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?