Asr oxiriga borib Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning 70 foizdan koʻprogʻi yoʻq boʻlib ketishi mumkin

23:35 11 Aprel 2020 Dunyo
468 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniya, AQSH va Janubiy Afrika xalqaro olimlar guruhi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda iqlim oʻzgarishiga oid bir nechta ssenariylar modellashtirdi.

Ularga koʻra, tabiat katta xavf ostida boʻlib, tezkor global isish tufayli okean ekotizimlari nobud boʻlishni boshlaydi va 2040-yilga kelib, butun Yer yuzini falokat qoplaydi.

Ushbu xulosalar haqida Nature jurnalida ilmiy maqola chop etildi.

Xususan, dengiz hayotining chorak qismini oʻz ichiga olgan marjon riflari nobud boʻladi. Ushbu hodisa oʻn yildan keyin sodir boʻlishi kutilmoqda.

Issiqlik yana 4 daraja koʻtarilishi esa yerdagi hayvonlarning 15 foizi uchun katta xavfli soladi.

Bundan tashqari, atmosferaga chiqarilayotgan kimyoviy chiqindilarning 73 foizi 30 ming turdagi qushlar, sutemizuvchilar, sudraluvchilar va baliqlar hayotida tiklab boʻlmas oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?