Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

12:00 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
61 0

Illyustrativ foto

Nishon tumani, Nuriston shaharchasi, “Kimyogar” mahallasida yashovchi Sh. Eshonqulov tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, tuman gaz idorasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganidan norozilik bildirgan.

Mazkur murojaat tuman jamiyati tomonidan oʻrganilganda, isteʼmolchining xonadoniga oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatkichlarini abonent bazasida kiritishda yoʻl qoʻyilgan xatolik tufayli asossiz qarzdorlik kelib chiqqani aniqlandi. Yaʼni isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlarni elektron baza dasturiga kiritishda hisoblagich koʻrsatkichlari oʻzgartirib yuborilgani va buning oqibatida xonadon gaz sarfi hisoblagich koʻrsatkichiga nisbatan ortiqcha hisoblanib, 3 mln. 121 ming 957 soʻm asossiz qarzdorlikka yoʻl qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Oʻrganish yakuniga koʻra,Majburiy ijro byurosi Nishon tumani boʻlimi tomonidan asossiz hisoblangan qarzdorlik xatlov asosida isteʼmolchining hisobidan chiqarilishi taʼminlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?