Asossiz belgilangan jarima qayta undirib berildi

18:21 11 Fevral 2019 Jamiyat
366 0

Illyustrativ foto

Toʻraqoʻrgʻon tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Sohilobod-1 mahallasida yashovchi fuqaro Axadali Turdaliyev ariza bilan murojaat qilib, tumangaz filiali xodimlari uning xonadoniga gaz oʻlchagich uskunasining davlat muhriga shikast yetkazilgan deb topib, 548 ming 123 soʻm jarima tortgani yuzasidan yordam soʻragan.

Mazkur murojaat tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xamda tumangaz filiali masʼul mutaxassislari ishtirokida oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar natijasida isteʼmolchi xonadoniga oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining davlat muhriga shikast yetmaganligi maʼlum boʻldi.

Toʻraqoʻrgʻon tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyat xodimlari koʻmagi bilan xonadonga hisoblangan asossiz qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, noreal qarzdorlik tumangaz filiali undiruv roʻyxatidan chiqarildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?