Askarlar onalari eʼzozda

16:54 08 Yanvar 2020 Jamiyat
167 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Hidoyat Ahmedov/Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Xoʻjayli tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Askarlar onalarini eʼzozlaymiz!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirga bugungi kunda mamlakatimizning turli hududlarida xizmat burchini ado etayotgan xoʻjaylilik askar yigitlarning ota-onalari taklif etildi.

Tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylarga yaratilgan imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida soʻz yuritilib, mard va jasur yigitlarni voyaga yetkazgan ota-onalarga minnatdorlik izhor etildi.

Tadbir soʻnggida askarlarning onalariga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?