Asakada 122 gektar maydonga achchiq qalampir ekildi

17:29 22 May 2018 Iqtisodiyot
513 0
Foto: hotsta.net/chili.uz

Andijon viloyatining Asaka tumanining o‘zida 122 gektar maydonga achchiq qalampir ko‘chatlari ekildi.

«Hindiston, Tailand, Xitoy va Pokiston kabi davlatlar har yili 1 million tonnagacha achchiq qalampirni eksport qilishga muvaffaq bo‘lyapti. O‘zbekistonning mavjud ekin maydonlari unumdorligini hisobga olsak, bizda qalampirdan yuqori daromad olish mumkin», — deydi «Chili-Uz» MChJ rahbari Dilshod Hakimov.

Ayni paytda viloyatdagi 43 ta fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar bilan shartnoma tuzdi. Unga binoan xorijdan olib kelingan ko‘chatlar ekilib, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilyapti.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi sohasida dunyo bo‘yicha eng ko‘p eksport qilinadigan va eng ko‘p iste’mol qilinishi jihatidan dunyoda tuzdan keyingi o‘rinda turuvchi mahsulot aynan achchiq qalampir sanaladi

Saminjon HUSANOV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?