Asaka shahrida yirik uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

14:41 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
1706 0
Illyustrativ foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Insoniyat yaralibdiki, firibgarlik jinoyatidan aziyat chekadi. Eng yomoni shundaki, har bir davrda ham ushbu illatning ildiz otishiga sodda va ishonuvchan insonlar zamin yaratib berishgan.

Har bir harakatning qonuniy asoslari borligini bilsak-da, uning ijrosini nazorat qilish yoki talab etishni bilmaymiz. Asaka shahrida yashovchi Sobirjon Sharopov (surishtiruv-tergov ishlari davom etayotganligi sababli ism-shariflar oʻzgartirildi) “Golden spring invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati mutasaddilarining yolgʻonlariga laqqa tushdi-qoldi. Natijada oʻgʻli Abrorbekni Koreya davlatiga ishlash uchun yuborish ilinjida bergan 4232 AQSH dollaridan ajrab qoldi. 2017 yilning oktyabr oyida to shu kungacha davom etgan “quruq vaʼdalar”dan charchagan Sobirjon Sharopov tuman ichki ishlar boʻlimiga murojaat etgachgina yengil nafas ola boshladi.

Ayni paytda M. K., T. Y. hamda A. T.lar sodir etgan qonunbuzarligi yuzasidan koʻrsatma berish bilan band.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019