Arzon uylar‑joylar qurish jarayonidagi muammolar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborildi

17:11 30 Noyabr 2019 Siyosat
352 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasida davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organ ekanligi qayd etilgan.

Aholining uy-joyga boʻlgan yuqori talabini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlari bilan arzon uy-joy qurilishi uchun imtiyozli, uzoq muddatli ipoteka krediti ajratish tizimini keng joriy etish va qurilishni belgilangan talablar asosida sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish bilan bogʻliq dolzarb vazifalar belgilangan.

Aholining uy‑joyga boʻlgan talabini qondirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda,namunaviy uy-joylardan iborat yangi massivlar qurilib, uy-joylar arzon narxlarda muhtojlarga imtiyozlar asosida berilmoqda.

Фото: Ҳасан Пайдоев / «Халқ сўзи»

Jumladan, oxirgi uch yilda 104 mingdan, jumladan qishloqlarda 63 ming va shaxarlarda 41 mingdan ortiq uy joylar qurilibtopshirilishi natijasida 100 mingga yaqin oilalar turarjoy sharoitlari yaxshilanib uy joylar bilan taʼminlandi.

Lekin, parlament nazorati doirasidagi joylardagi fuqarolar bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalar va fuqarolardan kelayotgan koʻplab shikoyat arizalar bu borada yechimini kutayotgan ayrim kamchilik va muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Birinchidan, buyurtmachi va pudrat tashkilotlarining oʻzaro kelishuvi natijasida qurib foydalanishga topshirilgan uy‑joylarning narxi bir tomonlama, fuqarolarni ogohlantirmasdan oʻzgartirib fuqarolar qonuniy xuquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.

‑pudrat tashkilotini tanlashdagi huquqbuzarlik holatlarining mavjudligi, yer maydoni ajratilishini qonuniylashtirish, hududiy komissiyalar aʼzolarining turli byurokratik toʻsiqlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qarorlar qabul qilinishining asossiz choʻzib yuborilmoqda

aholi talablari, qolaversa, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari toʻliq oʻrganilmasdan yer uchastkalarining tanlanishi xisobiga milliardlab ortiqcha mablagʻ sarflanishiga olib kelmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Ikkinchidan, qurilish bilan shugʻullanadigan, moddiy texnika bazasi, ishchi kuchi va oʻz mablagʻiga ega salohiyatli pudrat tashkilotlarining aniq reyestri, roʻyxati, elektron maʼlumotlar bazasi yoʻqligi, qurilish tashkilotlarining masʼuliyatsizligi tufayli qurilish ishlari layoqatsiz pudratchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda;

‑qurilish tashkilotlari tomonidan byudjet, homiylar, xalqaro moliya institutlari va fuqarolar mablagʻlarini noqonuniy yoʻllar orqali oʻzlashtirish holatlari sodir qilinmoqda;

‑ arzon, koʻp kvartirali uy-joylarni loyihalash va qurishda belgilangan qurilish normalari, qoidalari, qurilish-montaj va pardozlash ishlarini bajarish sifatiga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat olib borilmayapti

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asoslanib: yuqoridagi masalalar yechimi

aholining arzon uy-joylarga boʻlgan ehtiyojining qondirilishi bilan bogʻliq holatlar;

arzon uy-joylarning muddatida qurib bitkazilmasligi, narxining shartnomada belgilanganidan oshirib yuborilishi, uy‑joylar sifatining pastligi;

ipoteka asosida qurilishi rejalashtirilayotgan uy‑joylar narxini arzonlashtirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni (sohadagi korrupsiya, byurokratik toʻsiqlar, qurilish materiallarini markazlashgan xolda belgilangan taʼminotchidan olish)ni bartaraf qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar;

uy-joylarga muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarni uy‑joy bilan taʼminlashda adolat prinspiga rioya qilinishining holati va yuqorida qayd qilingan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovini Vazirlar Maxkamasiga yuborish boʻyicha Senat qarori maqullandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?