Arzon uy-joy olib berish evaziga pul talab qilgan mahalla raisining oʻrinbosari ushlandi

19:44 01 Avgust 2020 Jamiyat
250 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Termiz shahar “D.” MFY raisining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.S. fuqaro X.J.ga Termiz shahar “Guliston” mahallasida qurilgan 2 sotixli 2 xonali arzon hovli uylardan birini tanishlarining yordami bilan olib berganligi evaziga undan 500 AQSH dollari berishni talab qilib, shundan 3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?