Arzon narxda valyuta olaman deb, 460 mln. soʻmidan ayrildi

12:15 13 Avgust 2019 Jamiyat
243 0

Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli Abdulla U. murojaat qilib, oʻz arizasida 34 yoshli Istora N.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Istora Abdullaga 460 000 000 soʻm pullarni bankdan “arzon” narxda – 7 000 soʻmdan hisoblab, 65.700 AQSH dollarini olib berishini vaʼda qilgan va u Istoraga ishonib, 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 000 000 soʻm pulni berib yuborgan. Ammo Istora vaʼdasida turmasdan, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt boʻyicha Istoraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! Oʻz pullaringizni yordam bermoqchi boʻlgan har kimga ham ishonib berishga shoshilmang. Yodda tuting: firibgarlar sizning ishonuvchanligingizdan foydalanishlari mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?