“Artel” muzlatgichi sifatiga kafolat bormi?

18:44 22 Iyul 2019 Jamiyat
406 0

Fargʻonalik D.Sariboyeva “Mohigul yuksalish savdo” doʻkonidan 2 mln 100 ming soʻmga muzlatgich sotib oladi, uni ishlatish jarayonida yaxshi ishlamaganligi sababli savdo doʻkoni masʼuliga qoʻngʻiroq qiladi.

Masʼul xodim “Artel” rusumli muzlatgich boʻlganligi sababli mazkur kompaniyaning Fargʻona shahridagi servis markaziga yozma ravishda murojaat qilishlarini aytadi. Servis xizmatdan mutaxassis kelib, tuzatib ketgandan soʻng ham muzlatgich yaxshi ishlamaydi. Bundan jahli chiqqan D. Saribayev Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qiladi.

Federatsiya xodimlari doʻkon maʼmuriyati va servis xizmati xodimlariga tushuntirish ishlari olib borib, ishga qonuniy yondashganlaridan soʻng servis markazi mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan qayta oʻrganish jarayonida muzlatgichda bartaraf qilish imkoniyati mavjud boʻlgan nuqson aniqlanib, kafolat muddati ichida bepul taʼmirlab berildi.

Isteʼmolchi taʼmirdan soʻng muzlatgichni talab darajasida, muammosiz ishlayotganligini maʼlum qildi. Federatsiyaga yoz mavsumida kelib tushayotgan eng koʻp murojaatlardan biri bu “Artel” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan muzlatgich va havo sovitgichlar nosoz chiqayotganidan boʻlmoqda. Milliy brend millatning farovon hayotiga xizmat qilishi lozim emasmi?!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?