“Arsenal”dan yirik gʻalaba — futbol boʻyicha Angliya chempionatiga start berildi

18:57 12 Sentyabr 2020 Sport
174 0

Bugun futbol boʻyicha Angliya chempionati— Premyer-liga 2020/21 mavsumi bahslariga start berildi.

Turnir taqvimiga koʻra 1-tur bellashuvlari 12, 13 va 14-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Birinchi tur doirasidagi dastlabki uchrashuv «Fulxem» – “Arsenal” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 

Bungacha ushbu jamoalar barcha musobaqalarda 57 bor oʻzaro bahs olib borgan edi.

Ana shu uchrashuvlarning 8 tasida «Fulxem», 39 tasida “Arsenal” gʻalaba qozongan, 10 ta bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Kiritilgan gollar nisbati 62/125

«Fulxem»ning “Arsenal” ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 6:1.

“Arsenal”ning «Fulxem» ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi— 5:1.

Hisob boʻyicha 58 uchrashuvda “Arsenal” safarda bahs olib borganiga qaramay yirik hisobda gʻalaba erishdi:

«Fulxem» – “Arsenal” 0:3

Gollar: Aleksandr Lyakazett 8ʼ, Gabriyel Magalyayns 49ʼ, Per-Emerik Obameyang 57ʼ.

Bugun birinchi tur doirasidan oʻrin olgan yana uchta uchrashuv boʻlib oʻtadi:

19:00 «Kristal Pelas» – “Sautgempton”

21:30 “Liverpul” – «Lids Yunayted»

00:00 «Vest Xem Yunayted» – «Nyukasl Yunayted»

Ushbu jamoalar oʻrtasidagi uchrashuvlari tarixi:

«Kristal Pelas» – “Sautgempton”

Ushbu jamoalar barcha musobaqalarda 77 bor oʻzaro bahs olib borgan.

Ana shu uchrashuvlarning 27 tasida «Kristal Pelas», 35 tasida “Sautgempton” gʻalaba qozongan, 15 ta bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 82/100

«Kristal Pelas»ning “Sautgempton” ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 4:1.

“Sautgempton”ning «Kristal Pelas» ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 6:0.

“Liverpul” – «Lids Yunayted»

Ushbu jamoalar barcha musobaqalarda 115 bor oʻzaro bahs olib borgan.

Ana shu uchrashuvlarning 58 tasida “Liverpul”, 27 tasida «Liverpul» gʻalaba qozongan, 30 ta bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 184/112

“Liverpul”ning «Lids Yunayted» ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 5:0.

«Lids Yunayted»ning “Liverpul” ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 5:0.

«Vest Xem Yunayted» – «Nyukasl Yunayted»

Ushbu jamoalar barcha musobaqalarda 135 bor oʻzaro bahs olib borgan.

Ana shu uchrashuvlarning 42 tasida «Vest Xem Yunayted», 55 tasida «Nyukasl Yunayted» gʻalaba qozongan, 38 ta bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 186/207

«Vest Xem Yunayted»ning «Nyukasl Yunayted» ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 8:1.

«Nyukasl Yunayted»ning «Vest Xem Yunayted» ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi — 5:0.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?