Armi-2019. “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari-2019” musobaqasining eng ilgʻorlari aniqlandi

22:18 16 Avgust 2019 Jamiyat
131 0

Bugun Hindistonning Jaysalmer shahri markaziy stadionida “Armi-2019” xalqaro armiya oʻyinlari doirasida boʻlib oʻtgan “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari” musobaqasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda musobaqa ishtirokchilari bir necha nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi jamoasining bir guruh razvedkachilari eng ilgʻorlar qatoridan joy olishdi.

“Eng yaxshi sapyor” nominatsiyasida kichik serjant Abdulhamid Madaminov gʻolib boʻlgan boʻlsa, mayorlar Baxtiyor Rahimov, Anzor Meyliyev hamda serjant Azamat Karimov “Eng yaxshi murabbiy” deb tan olindi.

Shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askarlar Xudoyberdi Alijonov “Eng yaxshi mexanik-haydovchi”, Azamat Haydarov “Eng yaxshi razvedkachi-mergan”, mayor Sardor Matmurodov “Eng yaxshi guruh komandiri” qatoridan joy oldi. Serjantlar Sardor Mamasoliyev “Eng yaxshi razvedkachi”, Zuhriddin Toʻlaboyev “Eng yaxshi razvedkachi-aloqachi” nominatsiyasida faxrli oʻrinni egalladi.

Gʻoliblarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, dunyoning yetakchi davlatlaridan sakkizta jamoa qatnashgan mazkur musobaqada oʻzbek razvedkachilari umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?