“ArMI – 2019”. Hamyurtlarimiz “Musaffo osmon” xalqaro musobaqasida ham uchinchi oʻrinni egalladi

13:36 15 Avgust 2019 Jamiyat
104 0

Xitoyning Korla shahrida oʻtkazilgan V Xalqaro armiya oʻyinlarining “Musaffo osmon” musobaqasida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Xitoy, Rossiya, Belarus, Misr, Venesuela, Pokiston va Oʻzbekiston jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov 3 bosqichda oʻtkazildi.

Jamoalar “Type 92A” BTR texnikalari yordamida harakatlanish, QW-2 koʻchma zenit raketa majmuasi yordamida soniyasiga 250 – 300 metr tezlikda uchayotgan “Vertolyot” nishonini hamda 12,7 millimetrli zenit pulemyot qurilmasi yordamida boshqa nishonlarni yakson etish shartlarini bajardi.

Qiyinchiliklarga qaramay harbiy xizmatchilarimiz barcha shartlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?