Armaniston va Ozarbayjon oʻt ochmaslikka kelishib oldi 

00:15 18 Oktyabr 2020 Dunyo
418 0

Arxiv surat

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik sulhiga kelishib oldi. Kelishuvga koʻra, u 18-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda kuchga kiradi. 

Ushbu maʼlumotni  Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirliklari tasdiqladi.

Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar 27-sentyabr kuni ertalab avj oldi. Bunda Boku va Yerevan oʻzaro bir-birini ayblashda davom etib kelmoqda.

Tomonlar 10-oktyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida ham tinchlik sulhiga kelishgan edi. Ammo ertasi kunidan yana oʻqqa tutishlar davom ettirilgandi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?