Arktikada havo harorati qariyb +35 darajaga yetdi

14:07 21 Avgust 2019 Dunyo
220 0

Shvetsiyaning Qutb doirasida joylashgan Markusvins meteorologiya stansiyasi ushbu hududda Selsiy boʻyicha +34,8 daraja harorat kuzatilganini qayd etdi. Bu mazkur makon uchun mutlaqo rekord koʻrsatkichdir, deb xabar berdi Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi.

Boshqarmadan maʼlum qilinishicha, issiq ob-havo Markusvinsdan keyin joylashgan yerlarga ham tarqalgan. Masalan, Alyaska tarixida eng yuqori harorat kuzatildi. Bu esa oʻrmon yongʻinlariga olib keldi. Uning tutuni Ankorij va Ferbanksni oʻrab oldi, deb yozadi Gizmodo.

Dengiz muzi odatdagidan 6-8 hafta oldin yoʻqoldi. Olimlarning aniqlashicha, suv tubi quyosh nurini oʻziga tortishi natijasida suv qizigan, ilib borayotgan okean esa harorat oshishiga “qarashib” yuborgan.

Shimoliy muz okeanida muz miqdori tarixdagi eng past darajaga kelib qolgan. Umumiy maydonning 19,8 foizida ham kam bu. Hatto yaqinda Shimoliy qutbdan uzoq boʻlmagan joyda momaqldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?